Jurnal haqida
Impact Factor (IF): 9.873 2025
«O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi» va «Agro ilm» jurnallari.
«O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi» jurnali 1906-yildan, «Agro ilm» jurnali esa 2007-yildan buyon chop etilib kelinmoqda. Jurnallar Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi uyushma, birlashma, korxona va tashkilotlar, jumladan, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini, iqtisodiy islohotlar samaralarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari, izlanish va yangiliklarini yoritib boradi.
Shuningdek, agrosanoat majmuasiga qarashli vazirlik va idoralar, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni, erishilayotgan natijalarni, ilg‘or tajribalarni, iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya ishlarini hamda yangiliklarni keng jurnalxonlar ommasiga yetkazadi. Qishloq xo‘jaligi rivoji va taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy-ommabop nashrlar, jahon ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini muntazam yoritib boradi.
Saytimizning «Arxiv» oynasidan jurnallarni elektron shaklda «.pdf» ko‘chirib olishingiz mumkin.
«O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi» jurnali oyda 1 marta, «Agro ilm» jurnali esa 3 oyda 2 marta chop etib boriladi.
«O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi» jurnali O‘zbekiston Matbuot va Milliy Axborot agentligidan 2019-yil 10-yanvarda 0158-raqam, «Agro ilm» jurnali esa 2019-yil 10-yanvarda 0291-raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan.
Jurnallar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 30-dekabrdagi №201/3-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi, texnika, veterinariya, 2015-yil 22-dekabrdagi №219/5-sonli qarori bilan iqtisodiyot hamda 2025-yil 26-avgustdagi №01-06/5199/49-sonli qarori bilan biologiya fanlari bo‘yicha ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan.