ROMANESKO KARAMINING NAV NAMUNALARINI TAKRORIY MUDDATDA O‘RGANISH

ROMANESKO KARAMINING NAV NAMUNALARINI TAKRORIY MUDDATDA O‘RGANISH

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

Romanesko karam, nav namunasi, vegetatsiya davri, fenologik kuzatish, barglar soni, barg yuzasi, karambosh, biometrik ko‘rsatkichlar, hosildorlik, morfologik tahlil

Annotatsiya

Maqolada Brassica oleracea L. var. romanesco ning biologik va xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilarini o‘rganish natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida Romanesko karamning turli nav namunalari fenologik kuzatishlar asosida baholandi hamda ularning vegetatsiya davri, barglar soni, barg plastinkasining morfometrik ko‘rsatkichlari va karamboshning biometrik xususiyatlari aniqlanib, qiyosiy tahlil qilindi. Tajribalar yozgi ekish muddatlarida olib borilib, tuproq namligi 60–70 % dala nam sig‘imi darajasida saqlab turildi. Natijalarga ko‘ra, navlar vegetatsiya davri 120–132 kun oralig‘ida o‘zgarishi qayd etildi. “Shennon” navi eng qisqa vegetatsiya davrini namoyon etgan bo‘lsa, “Natalino” navida eng uzoq o‘suv davri kuzatildi. Barglar soni bo‘yicha “Jemchujina” navi ustunlik qilgan, barg uzunligi va eni ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa “Veronika” navi yuqori natija ko‘rsatgan. 

Mualliflar haqida

Nurbek Xushvaqtov

q.x.f.d., katta ilmiy xodim

Sayfullo Abdulxafizov, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

tayanch doktorant

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-04-02
Loading...