PISKENT TUMANI O‘RMON XO‘JALIKLARI EKOTIZIMLARIDA TENGSIZ IPAKCHI (LYMANTRIA DISPAR L.) NING TARQALISHI VA ZARAR DARAJASI
Kalit so‘zlar:
tengsiz ipakchi, Lymantria dispar, o‘rmon zararkunandalari, defoliatsiya, o‘rmon ekotizimi, Piskent o‘rmon xo‘jaligi, populyatsiya dinamikasi, fenologiyaAnnotatsiya
Mazkur maqolada Toshkent viloyati Piskent o‘rmon xo‘jaligi hududida keng tarqalgan bargxo‘r zararkunandalardan biri — tengsiz ipakchi (Lymantria dispar L.) ning tarqalishi, oziqa o‘simliklari tarkibi hamda o‘rmon ekotizimlariga yetkazadigan zarar darajasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar dala kuzatuvlari va entomologik hisob usullari asosida olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra zararkunanda asosan bargli daraxtlarda uchrashi, ayniqsa eman (Quercus robur), terak (Populus nigra) va tut (Morus alba) daraxtlarida yuqori darajada rivojlanishi aniqlangan. Lichinkalar rivojlanishining faol davri may–iyun oylariga to‘g‘ri kelib, ayrim uchastkalarda daraxt barglarining 30–40 % gacha zararlanishi kuzatildi. Shuningdek, zararkunandaning fenologik rivojlanish kalendari aniqlanib, uning populyatsiya dinamikasi iqlim sharoitlari hamda oziqa o‘simliklari tarkibiga bog‘liq holda shakllanishi ko‘rsatildi. Olingan natijalar o‘rmon zararkunandalarini monitoring qilish hamda o‘rmon ekotizimlarini himoya qilish choralarini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.