EKISH MUDDATLARI VA KO‘CHAT QALINLIGINI DORIVOR STEVIYA O‘SIMLIGINI O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

EKISH MUDDATLARI VA KO‘CHAT QALINLIGINI DORIVOR STEVIYA O‘SIMLIGINI O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

Stevia rebaudiana, dorivor o‘simlik, ekish muddati, ko‘chat qalinligi, poya balandligi, vegetativ o‘sish, hosildorlik, agrotexnologiya

Annotatsiya

Mazkur maqolada dorivor shirinbarg — Stevia rebaudiana o‘simligining turli ekish muddatlari va ko‘chat qalinligida o‘sishi hamda rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqotlar Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar sharoitida olib borildi. Tajribada 1–15 aprel, 15–30 aprel va 1–15 may ekish muddatlari hamda 83 ming va 111 ming tup/ ga ko‘chat qalinligi variantlari sinovdan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, erta muddatda (1–15 aprel) 60×20 sm sxemada (83 ming tup/ga) ekilgan variantda o‘simlikning asosiy poya balandligi va vegetativ rivojlanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi. Ko‘chat qalinligining ortishi oziqlanish maydonining kamayishiga olib kelib, o‘sish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Olingan natijalar sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar sharoitida steviyani optimal agrotexnik me’yorlarda yetishtirish muhimligini ko‘rsatadi.

Mualliflar haqida

Lazizjon Fozilov

dotsenti, q.x.f.f.d. (PhD

Fotima Mirzayeva

magistrant

Muattar Solijonova, Farg‘ona davlat universiteti

magistrant

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-04-03
Loading...