SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING GUMUS TARKIBI VA GUMUSLI HOLATIGA TURLI O‘G‘ITLASH ME’YORLARINI TA’SIRI
Kalit so‘zlar:
gumus, uglerod, gumin kislotasi, fulvokislotasi, ko‘p yillik tajribalar, gumusni energiya zahirasiAnnotatsiya
Mazkur maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning gumus holati va uning guruhiy-fraksiyaviy tarkibi, shuningdek ko‘p yillik tajribalarda o‘zgarish qonuniyatlari yoritilgan. Turli dehqonchilik tizimlari va o‘g‘itlash me’yorlarining tuproq gumusiga ta’siri qiyosiy tahlil qilingan. Surunkali g‘o‘za yetishtirilgan variantlarda fulvokislotalar gumin kislotalariga nisbatan ustun bo‘lib, gumus sifatining pasayishi va mineralizatsiya jarayonlarining jadallashishini ko‘rsatadi. Har yili 30 t/ga go‘ng qo‘llanilgan hamda beda–g‘o‘za almashlab ekish tizimi joriy etilgan variantlarda gumin kislotalari ulushi oshib, gumus barqarorlashuvi va tuproq unumdorligi yaxshilangan. Natijalar organik o‘g‘itlar va almashlab ekish tizimining tipik bo‘z tuproqlarda muhimligini tasdiqlaydi.