MARKAZIY VA SHARQIY FARG‘ONA O‘TLOQI SAZ TUPROQLARINING SUG‘ORISH TA’SIRIDAGI O‘ZGARISHLARI
Kalit so‘zlar:
antropogen omil, morfologiya, mexanik tarkib, yirik chang, il, mayda qum, tadrijiy rivojlanish, arziq, sho‘x, gips, karbonat, suvda oson eruvchi tuzlarAnnotatsiya
Maqolada markaziy va sharqiy Farg‘ona hududlarida shakllangan gidromorf o‘tloqi saz tuproqlarning inson omilining sug‘orish bilan bog‘liq faoliyati ta’sirida sug‘orish davriga bog‘liq holdagi o‘zgarishlari ularning mexanik tarkibi misolida yoritib berilgan. Natijalarga ko‘ra tuproqlar mexanik tarkibi sug‘orish suvlari keltirilma jinslari tarkibiga ko‘ra yengil va o‘rta qumoq mexanik tarkibli tuproqlarga transformatsiyalanishi tahlil etilgan.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
2026-04-04
Son
Bo‘lim
Articles