Суббота, 2024-04-27, 9:47 AM
Xush kelibsiz Гость | Ro'yxatdan o'tish | Kirish

O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnali

Sayt menyusi
Kirish yo'li
E-mail:
Parol:
Qidir
Statistika

Online xolatda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Bosh sahifa

«O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi» va «Agro ilm» jurnallari tahririyati sayti.


55«O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi» jurnali 1906-yildan, «Agro ilm» jurnali esa 2007-yildan buyon chop etilib kelinmoqda. Jurnallar Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi uyushma, birlashma, korxona va tashkilotlar, jumladan, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini, iqtisodiy islohotlar samaralarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari, izlanish va yangiliklarini yoritib boradi.

Shuningdek, agrosanoat majmuasiga qarashli vazirlik va idoralar, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni, erishilayotgan natijalarni, ilg‘or tajribalarni, iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya ishlarini hamda yangiliklarni keng jurnalxonlar ommasiga yetkazadi. Qishloq xo‘jaligi rivoji va taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy-ommabop nashrlar, jahon ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini muntazam yoritib boradi.

Saytimizning «Jurnallar arxivi» oynasidan jurnallarni elektron shaklda «.pdf» ko‘chirib olishingiz mumkin.

«O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi» jurnali oyda bir marta, «Agro ilm» jurnali esa ikki oyda bir marta chop etib boriladi.

«O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi» jurnali O‘zbekiston Matbuot va Milliy Axborot agentligidan 2019 yil 10 yanvarda 0158-raqam, «Agro ilm» jurnali esa 2019 yil 10 yanvarda 0291-raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan. 

«O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi» va «Agro ilm» jurnallari O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013 yil 30 dekabrdagi 201/3 sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi, texnika,   veterinariya hamda 2015 yil 22 dekabrdagi 219/5 sonli qarori bilan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan.

«O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi» va «Agro ilm» jurnallari Bosh muharriri – Tohir DOLIYEV

Murojaat uchun telefonlar:  (71) 242-13-54;          (71) 249-13-24.

Manzilimiz: 100000, Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 44-uy, 4 qavat.

Veb-saytimiz: qxjurnal.uz ;

Telegram kanalimiz: qxjurnal_uz ;

Facebook: uzqxjurnal ;

E-mail: qxjurnal@mail.ru ;