LIMONNI INFRAQIZIL VA KONVEKTIV QURITGICHLARDA QURITISHDA MEVALARNING MEXANIK TARKIBINI O‘ZGARISHI

LIMONNI INFRAQIZIL VA KONVEKTIV QURITGICHLARDA QURITISHDA MEVALARNING MEXANIK TARKIBINI O‘ZGARISHI

Mualliflar

  • Iroda Kasimova Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Kalit so‘zlar:

limon, konvektiv quritish, infraqizil nurlanishli quritish, vazn kamayishi, geometrik parametrlar, texnologik samaradorlik, suvsizlanish dinamikasi

Annotatsiya

Maqolada limon mevalarini konvektiv va infraqizil nurlanishli quritgichlarda quritish jarayonining qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqot davomida ikki xil quritish texnologiyasining mahsulot vazni, geometrik o‘lchamlari va yuza maydoniga ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, konvektiv usulda quritishda vazn yo‘qotish ko‘rsatkichi yuqori (90,95%) bo‘lib, meva to‘qimalarining kengayishi hisobiga yuza maydoni biroz ortadi. Aksincha, infraqizil nurlanish ta’sirida mevalar zichlashib, morfologik tuzilmasini yaxshiroq saqlaydi. Olingan ma’lumotlar limonni sanoat miqyosida quritishning optimal rejimini tanlash, energiya sarfini kamaytirish va yuqori sifatli tayyor mahsulot olish imkonini beradi.

Muallif haqida

Iroda Kasimova, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

tayanch doktorant

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-04-02
Loading...