TURLI BARRA TIPIDAGI KO’K RANGLI QO’CHQOR VA SOVLIQLARNING EKSTERYER KO’RSATKICHLARI
Kalit so‘zlar:
ko’k rang, qo’chqor, sovliq, barra tipi, jaket, qovurg’asimon, yassi, o’sinqiragan, eksterer, qarchig’ay balandligi, gavdaning qiya uzunligi, ko’krak aylanasi, ko’krak kengligi, ko’krak chuqurligi, poycha aylanasi, qorako’l qo’y zoti, rang, rangbaranglik, genofond, zootexnikaviy, biologik, statistik, proporsionallikAnnotatsiya
Maqolada turli barra tipidagi ko’k rangli qo’chqor va sovliqlarning eksterer ko’rsatgichlari o’rganilgan bo’lib, seleksiya-naslchilik ishlarini poda tarkibida takomillashtirish, naslli qo’chqorlarni tanlashda eksterer o’lchamlarini hisoblab chiqish va ushbu ma’lumotlar evaziga naslli qo’chqorlarni tanlash va poda tarkibini yaxshilash, turli barra tipli sovliqlarning eksterer ko’rsatkichlarini barra tiplariga bog’liqligini o’rganish asosida ulardan olinadigan avlodlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. Oxirgi yillarda qorako’l zoti qo’ylari jussasining kichrayib ketishi ular bilan seleksiya-naslchilik ishlarini eksterer ko’rsatgichlarini rivojlantirish yo’nalishida olib borishni taqozo etadi va ushbu maqsadda naslli qo’chqor va sovliqlarni eksterer ko’rsatgichlarini o’rganish va ko’k rangli sifatli qorako’l qo’ylar podasini yaratishni maqsad qildik.