YARIM CHO‘L HUDUDLARDA KUZGI TRITIKALE URUG‘LARINI EKISH MUDDAT VA ME’YORLARINI O‘SIMLIKLARNI O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

YARIM CHO‘L HUDUDLARDA KUZGI TRITIKALE URUG‘LARINI EKISH MUDDAT VA ME’YORLARINI O‘SIMLIKLARNI O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

tritikale, nav, ekish muddatlari, ekish me’yorlari, oziqlantirish, mineral o‘g‘itlar, hosildorlik

Annotatsiya

Maqolada Navoiy viloyatining tuproq iqlim sharoitida kuzgi tritikalening “Svat” hamda “Tit” navlarini ekish muddatlari, me’yorlari va yetishtirish agrotexnikasi, ya’ni o‘simliklarni o‘sishi-rivojlanishi, yashovchanligi, hosildorligi, mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari, shuningdek, kuzgi tritekale urug‘larini ekish muddat va me’yorlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar to‘liq tahlil qilib berilgan.

Tritikale ekini bug’doy va javdar duragayi bo’lgani uchun bu o’simlik bug’doy va javdarga nisbatan ancha moslashuvchan ekin turi bo’lib, donining tarkibida oqsil miqdori 12-13 foiz, pichaning tarkibida 10-12 foiz bo’ladi. Somoni chorva-mollari uchun ozuqa, doni non, yem tayyorlashda foydalaniladi. Non mahsuloti tayyorlashda sifati bug’doy mahsulotidan pastdir.

Tuproq-iqlim sharoitga qarab don hosili 45-65 s/ga, ko’k massa hisobida 340-450 s/ga ni tashkil etadi. Ammo bunday yuqori hosil olish uchun albatta dala maydoni begona o’tlardan va turli kasalliklardan toza bo’lishi va mineral o’g’itlar bilan o’z vaqtida belgilangan meyorlarda oziqlantirish lozim.

Mualliflar haqida

Abubakir Tog‘aev, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti

mustaqil izlanuvchi

Fayzulla Hamraev, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

dotsent, b.f.n

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-04-03
Loading...