E-SELEN VA GAMAVIT PREPARATLARINING QO‘YLARNING QON KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Kalit so‘zlar:
qo‘y, qon, E-Selen, Gamavit, vaksina, gemoglobin, eritrositlar, leykositlar, limfosit, Goryayev kamerasi, Sali gemometriAnnotatsiya
Tadqiqotda qo‘ylarni klostridioz kasalliklariga qarshi emlash jarayonida organizmning tabiiy rezistentligini oshirish maqsadida E-Selen va Гамавит veterinariya preparatlari qo‘llanildi.Tajriba hayvonlaridan qon namunalari emlash va preparatlarni yuborishdan oldin, shuningdek ularni qo‘llagandan keyin 7-, 14- va 30-kunlarda olindi.Qon namunalarida eritrotsitlar, leykotsitlar, limfotsitlar soni, gemoglobin miqdori hamda eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (EChT) aniqlandi. Tadqiqot natijalari qo‘ylar qonida eritrotsitlar, leykotsitlar, limfotsitlar soni va gemoglobin konsentratsiyasining ishonchli darajada oshganligini ko‘rsatdi.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
2026-04-03
Son
Bo‘lim
Articles