QAYTA ISHLASH UCHUN MOYIL OLXO‘RI NAVLARI MEVALARINING MEXANIK TARKIBI
Kalit so‘zlar:
olxo‘ri, nav, mexanik tarkib, meva eti, danak, texnologik ko‘rsatkich, qayta ishlash, vazn, shakl koeffitsienti, chiqindi miqdoriAnnotatsiya
Ushbu maqolada qayta ishlash sanoati uchun istiqbolli hisoblangan olxo‘ri navlarining mexanik tarkibi va texnologik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda mevaning umumiy vazni, meva eti va danagining o‘lchamlari o‘rtasidagi proporsional bog‘liqliklar o‘rganilib, har bir navning ishlab chiqarishdagi samaradorligi baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Blek daymond va Yutuq navlari meva etining yuqori ulushi hamda danagining kichikligi bilan ajralib turib, chiqindi miqdorini minimallashtirish imkonini beradi. Mevaning geometrik o‘lchamlari va shaklining mexanik tuzilishga ta’siri aniqlanib, sharbat va qoqi ishlab chiqarish uchun eng maqbul navlar bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
2026-04-02
Son
Bo‘lim
Articles