SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA SIDERAT EKINLARNING TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI

SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA SIDERAT EKINLARNING TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

tuproq, siderat ekinlar, mosh, soya, arpa, g‘o‘za, go‘ng, suv o‘tkazuvchanlik, unumdorlik, zichlik

Annotatsiya

Qishloq xo‘jaligi ekinlardan yuqori hosil olishda tuproq suv o‘tkazuvchanligi ahamiyatli muhim omillardan biridir. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan tuproqlari sharoitida siderat ekinlarning bir, ikki va uch komponentli aralashmasi va unga qo‘shimcha go‘ng qo‘llashi orqali tuproq suv rejimiga ta’siri sharhlangan. Siderat ekinlar sifatida dukkakli don ekinlari va boshoqli don ekinlari olinganligi tuproq strukturasiga ijobiy ta’sir etib, uning g‘ovaklikgini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, o‘tkazilgan tajribalarda tuproq haydov qatlamida suvning shimilishi va filtrlanishida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Siderat ekinlarning tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga ta’sirini o‘rganishda tuproqning zichligi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi.

Muallif haqida

Islambek Tolibekov, Qoraqalpog‛iston qishloq xo‛jaligi va agrotexnologiyalar instituti

assistent

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-04-03
Loading...